Saudiya Arabistoni rahbarligidagi koalitsiya kuchlari Yaman shimolidagi Xadja provinsiyasida joylashgan kasalxonaga bergan aviazarba natijasida kamida 25 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘ldi, yana 20 kishi yaralandi, deya xabar bermoqda “Interfaks” Yamanning “al-Masira” telekanaliga tayanib.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar orasida shifokorlar, hamshiralar va bolalar bor.
Aviazarba kelib tekkan kasalxona “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkiloti tomonidan boshqariladi.
Izoh (0)