AQSh prezidenti Barak Obama Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlashga pul yig‘ish uchun o‘z ta’tilini to‘xtatishga qaror qildi, deb yozadi “Gazeta.ru” Associated Press’ga tayanib.
Ta’kidlanishicha, Amerika yetakchisi Demokratik partiya kampaniyasi ehtiyojlari uchun mablag‘ to‘plash maqsadida tashkil qilingan ziyofatda qatnashishni rejalashtirmoqda. Tadbir Massachusets shtatidagi Martas-Vinyard orolida bo‘lib o‘tadi. Ziyofat tashkilotchilari Xenk Goldberg va uning rafiqasi Kerol Braun Goldbergdir.
Shuningdek, ziyofatda 60 ga yaqin saxovatpeshalar ishtirok etadi. Aniqlik kiritilishicha, tadbirga kirish uchun chiptalar narxi 33 mingdan oshadi.
Izoh (0)