Turkiyaning Arzirum shahri prokurori Ekrem Beyaztosh Turkiya—Suriya chegarasini noqonuniy kesib o‘tish va mamlakatdan qochishga urinish chog‘ida qo‘lga olindi. Bu haqda Dogan agentligi ma’lum qildi.
14-avgust, yakshanba kuni kechki payt Suriya bilan chegarani qo‘riqlayotgan turk jandarmlari narigi tomonga o‘tishga harakat qilayotgan kishini payqadi. Qoidabuzardan to‘xtashi talab qilindi. Qo‘lga olingan shaxs Arzirum shahrining 46 yoshli prokurori Ekrem Beyaztosh bo‘lib chiqdi.
Turkiyadagi harbiy to‘ntarishga urinishdan so‘ng u lavozimidan chetlatilgan va hibsga olinishiga ko‘rsatma berilgandi.
Izoh (0)