Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ochlikdan aziyat chekayotgan fuqarolarni it go‘shti yeyishga chaqirdi, negaki, uning fikricha, bu “super taom” bo‘lib, uning tarkibida tovuq va mol go‘shtidan ko‘ra ko‘proq vitamin bor. Bu haqda, Mirror nashriga asoslanib, “Vesti.ru” xabar bermoqda.
KXDR matbuoti oxirgi paytlarda it bolasining go‘shti oshqozon va ichaklarga foydali ekanligi haqida ma’lumot tarqatmoqda. Ayrim ko‘rsatuvlarda it go‘shtiga ta’m kiritish oldidan ularni o‘limi oldidan azoblash maslahat berildi.
Shimoliy Koreyaning ayrim jurnalistlari davlat rahbariga iqtibos keltirgan holda it go‘shti askarlarning og‘ir vaziyatlardan chiqishga ko‘mak bergan an’anaviy ovqati ekanligini aytib kelmoqda.
Izoh (0)