Google korporatsiyasi mobil qurilmalar uchun yangi operatsion tizimni ishlab chiqmoqda, deb yozadi “TASS”.
The Next Web nashri yozishicha, Google hozircha yangi tizim haqida rasman e’lon qilgani yo‘q, ammo loyiha haqidagi ma’lumotni GitHub ishlab chiquvchilar portaliga joyladi.
Fuchsia nomli yangi operatsion tizim kelajakda Android va Chrome operatsion tizimlari o‘rnini bosadi. Google’ning avvalgi tizimlari uchun asos bo‘lgan Linux yadrosi o‘rniga, Fuchsia’da Magenta yadrosi qo‘llaniladi.
Natijada Fuchsia mahsuldorlik bo‘yicha “buyumlar interneti”ga mo‘ljallangan FreeRTOS va ThreadX operatsion tizimlari bilan raqobatchilik qila oladi. Shu tariqa, Google kompyuter va mobil qurilmalarning OnHub va Google Home uy ekotizimlari bilan integratsiyasini kuchaytirmoqchi.
Izoh (0)