69 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi turnirning yarim finaliga qadar yetib kelgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov final ostonasida marokashlik Rabbi Muhammad bilan to‘qnash keldi.
23 yoshli sportchilar o‘rtasidagi bellashuv g‘olibi finalga yo‘l olsa, mag‘lubiyatga uchragan sportchi bronza medalini qo‘lga kiritishi kerak edi. O‘z vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan marokashlik sportchi dastlabki ikki raundni Shahram G‘iyosovga boy berdi. Uchinchi raundni ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazgan o‘zbekistonlik bokschi yakunda final chiptasini qo‘lga kiritdi.
Shahram G‘iyosov yarim final jangiga qadar uchta raqibini turnirdar chiqarib yubordi: ispaniyalik Yuba Sissoko, litvalik Eymantas Stanyonis, kubalik Ronyel Iglesias.
Shahram G‘iyosov O‘zbekiston boks terma jamoasining final jangida ishtirok etadigan ikkinchi vakili bo‘ldi. Unga qadar 49 kilogramm vazn toifasida Hasanboy Do‘stmatov turnir oltin medaliga sazovor bo‘lgandi.
Izoh (0)