Rio—2016 Olimpiadasida O‘zbekiston uchun ilk oltin medalni qo‘lga kiritgan bokschi Hasanboy Do‘stmatov mamlakat xalqi mazkur chempionlikni kutganini aytib o‘tdi. Bu haqda u Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA)ning rasmiy saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Hozirgi hissiyotlarimni so‘z bilan ifodalash qiyin, biroq men benihoya baxtiyorman”, — dedi Hasanboy Do‘stmatov chempionlik jangidan so‘ng bergan ilk intervyusida.
“Avvalo, o‘z Vatanimga mehr-muhabbatimni izhor qilmoqchiman, chunki, yarim tun bo‘lishiga qaramay, meni oilam, Prezident va butun mamlakat kuzatib turganini bilaman. 30 millionli xalq bu onlarni kutgan edi”, — dedi Do‘stmatov.“Oilam men uchun xursand bo‘ladi, chempionlikdan so‘ng juda hayajondaman. Mazkur Olimpiya o‘yinlari uchun Rioga minnatdorchilik bildiraman”, — deya qo‘shimcha qildi Hasanboy Do‘stmatov.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)