Nyu-Yorkning Kuinz tumanida mahalliy masjid imomi al-Furqon Mavlama Akonjining o‘ldirilishiga qarshi norozilik sifatida musulmonlar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ko‘chaga chiqqan o‘nlab musulmonlar qotillik nafrat tufayli sodir etilganini aytmoqda. Ammo politsiya imom o‘z dini tufayli o‘ldirilganini ko‘rsatadigan dalillar hozircha yo‘qligini uqtirmoqda.
Bundan tashqari, politsiyadagi manbalarga ko‘ra, qotillik talonchilik paytida sodir etilgan.
55 yoshli Akonji AQShga ikki yil muqaddam Bangladeshdan ko‘chib kelgan edi. U 64 yoshli yordamchisi bilan ko‘chaga chiqqanida noma’lum shaxs tomonidan otib ketildi.
Izoh (0)