60 million Kanada dollari (46,3 million AQSh dollari) mukofotga ega Lotto Max lotereya chiptasi Kanadaning markaziy provinsiyalaridan birida sotildi. Bu haqda, Atlantic Lottery uyushmasi vakillarining so‘zlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Uyushma Kanadada o‘nga yaqin shu kabi lotereya o‘yinlarini o‘tkazadi.
“O‘ynalgan raqamlar — 5, 7, 15, 18, 27, 28. Bonus raqami — 25”, — aniqlashtirdi tashkilotchilar.
Bundan tashqari, yana 25 kishi 1 million dollardan (770 ming AQSh dollari) yutib oldi. Bu chiptalar Ontario, Kvebek, Britaniya Kolumbiya, Alberta, Saskachevan va Manitoba provinsiyalarida sotildi.
2015-yil oktabrida Kanada tarixidagi eng yirik mukofot — 64 million Kanada dollari (49,5 million AQSh dollari) “49 dan 6” lotereyasida yutib olingan edi.
Izoh (0)