Arab koalitsiyasi bayonotiga ko‘ra, 13-avgust kuni Yamanda maktab bolalarining o‘limiga olib kelgan aviazarbaning nishoni maktab emas, jangarilarning mashg‘ulot lageri edi. Bu haqda, saudiyalik general Ahmad Asiriyning so‘zlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Harbiy-havo kuchlari Sa’d mintaqasidagi isyonchilar lagerini o‘qqa tutgan edi”, — dedi u AFP’ga bergan intervyusida.
U isyonchilar safida bolalar ham ko‘pligini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, koalitsiya aviazarbasi natijasida Yamanning shimoliy qismida kamida o‘n nafar bola halok bo‘ldi, 21 nafari yaralandi.
Izoh (0)