Ozarbayjonda Oliy o‘quv yurtlariga 2016/17-yilgi o‘quv yili uchun imtihon topshirishga oid yangi rekord qayd etildi. Naxichevan shahridagi 12-maktabning 11-“B” sinfini bitirgan barcha 20 nafar o‘quvchi turli Oliy o‘quv yurtlarining talabasiga aylandi, deb xabar bermoqda “1news.az”.
“So‘nggi yillarda o‘quvchilarni eng yaxshi sharoitda o‘qitish uchun barcha ishlar amalga oshirildi. O‘z navbatida, barcha o‘qituvchilar jamoat oldidagi mas’uliyatini his qilgan holda talabalarning o‘qishini bitirganidan so‘ng mamlakat rivojiga hissa qo‘shishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda”, – dedi 11-“B” sinfi rahbari Sara Azimova.
O‘qituvchining qayd etishicha, 15–20 yil avval har bir maktab har bir sinfdan hech bo‘lmasa 1–2 nafar o‘quvchisi talaba bo‘lishiga harakat qilganini aytdi.
Izoh (0)