Dollar 2016-yilning iyunidan buyon eng past darajaga tushdi. Bu haqda Bloomberg ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Bloomberg’ning Dollar Spot Index ko‘rsatkichi 24-iyun, Buyuk Britaniya aholisi mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi uchun ovoz berishi bozorlarga ta’sir qilgandan buyon eng minimal ko‘rsatkichga tushdi. Jami joriy yilda indeks 5 foizga pasaydi.
12-avgust, juma kuni dollar yevroga nisbatan 0,3 foizga, shuningdek, iyenaga nisbatan 0,9 foizga arzonlashdi. AQSh Savdo vazirligining iyul oyida mamlakatda chakana savdo hajmi o‘tgan oy bilan taqqoslaganda o‘zgarmaganligi, ulgurji narxlar esa kutilmaganda pasayganligi haqida ma’lumotlarni ma’lum qilgandan so‘ng Amerika valyutasining pasayishi qayd etildi.
Izoh (0)