Turkiya Erondan gaz xarid qilish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li eronlik hamkasbi Javod Zarif bilan muzokaralar yakunlariga ko‘ra bergan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Biz gaz xarid qilishi masalalarini muhokama qildik. Erondan ko‘proq gaz import qilishni xohlaymiz va shu munosabat bilan narx masalasini ko‘rib chiqdik”, — ma’lum qildi u.
Shuningdek, Chavusho‘g‘li Eron tomonini bahsli masalalarni xalqaro arbitraj aralashuvisiz hal qilishga chaqirdi.
Turkiya Eron bilan 2011-yilgi gaz yetkazmalari uchun 35,5 foizlik chegirma masalasida kelishuvga erisha olmaganidan so‘ng 2012-yilda xalqaro arbitrajga ariza kiritgan edi. Joriy yilning 2-fevral kuni arbitraj Turkiyaning da’vosini qondirdi.
Izoh (0)