Argentina prokurori Karlos Stronelli mamlakatning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirshnerga nisbatan Santa-Krus provinsiyasining Rio-Turbio shahrida sayyohlik poyezdi uchun temir yo‘l qurilishida budjet mablag‘larini talon-taroj qilish aybini e’lon qildi. Bu haqda 11-avgust, payshanba kuni Diarios y Noticias agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Nashrning ma’lum qilishicha, prokuror, shuningdek, suddan hudud gubernatori Alisiya Kirshner va federal rejalashtirishning sobiq vaziri Xulio de Vidoga nisbatan surishtiruv o‘tkazishni so‘ragan.
Alisiya Kirshner sobiq prezident Nestor Kirshner (Kristina Fernandes de Kirshnerning eri)ning opasi hisoblanadi.
Stronelli advokat Santiago Dupuyaning da’vosini ko‘rib chiqish uchun qabul qilgan. Advokat sobiq prezident hukumati qatnovni boshlamagan poyezd va foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgan yo‘llar uchun 700 million peso (47,6 million dollar) yo‘naltirganligini ta’kidlagan.
Advokat, shuningdek, hukumat qurilishni boshlashdan avval poyezd yo‘nalishi o‘tuvchi yerlardan foydalanish uchun ruxsat olmaganligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)