82 yoshli imperator Akixito millatga videomurojaatida vazifasini uddalay olmasligi va Yaponiya timsoli bo‘lishni davom etirolmasligi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu imperatorning hukm surib kelayotgan vaqtidan beri ikkinchi videomurojaati, deya xabar beradi “Vedomosti”.
“Jismoniy imkoniyatlarim tobora zaiflashib bormoqda va qaysidir payt shu vaqtgacha bajarib kelgan davlat ramzi bo‘lish vazifamni uddalashim qiyinchilik tug‘dirishidan xavotirdaman”, — deya ma’lum qilgan imperator.
Kyodo News agentligiga ko‘ra, davlat rahbari bu bilan taxtdan voz kechishga tayyor ekanligini bildirgan. Yaponiya qonunlarida bunday holat ko‘zda tutilmagan va endi mavjud qonunlarga tuzatish kiritilishi yoki yangilarining qabul qilinishi talab etilishi mumkin. Oldinroq mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe hukumat mazkur muammoni jiddiy muhokama etishi haqida ta’kidlagandi.
Ma’lumot uchun, Akixito 1989-yildan beri Yaponiyani boshqarib keladi.