Xitoylik uchuvchi Chjan Bo Xitoy tarixida birinchi marta bir motorli samolyotda dunyo bo‘ylab sayohatga yo‘l oldi, deya xabar bermoqda “TASS” “Jenmin jibao” gazetasiga tayanib.
7-avgust, yakshanba kuni Pekin xalqaro aeroportidan uchib ketgan Chjan Bo va uning ekipaji 58 kun ichida Rossiya, Buyuk Britaniya, Islandiya, Kanada va AQSh kabi mamlakatlarda qariyb 50 marta qo‘nib, 40 ming kilometrga yaqin masofani bosib o‘tmoqchi. Parvoz qisman qadimiy Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab o‘tadi.
Sayohat uchun TBM 700 yengil turbovintli samolyot tanlandi. Dunyo bo‘ylab parvoz uchun ikki yil davomida tayyorgarlik ko‘rildi.