“Omays” to‘foni Kuril orollariga juda kuchli shamol va jala olib keladi, deb yozadi “Interfaks”.
“Seshanba va chorshanba kunlari Kuril orollariga Tinch okeanidan ‘Omays’ to‘foni yaqinlashmoqda. Kuchli yomg‘ir va bo‘ron shamoliga ega buzuq havo janubiy va markaziy Kuril orollarini qamrab oladi, so‘ng shimolga yo‘l oladi”, — deya ma’lum qildi Saxalin gidrometeoxizmati.
O‘z navbatida, Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining Saxalin viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi 9-avgust, seshanba kuni kechqurun va chorshanbaga o‘tar kechasi Janubiy Kuril va Kuril tumani hududlarida kuchli va juda kuchli shamol kutilishi haqida xabar berdi. 10-avgust, chorshanbaga o‘tar kechasi va tongda tezligi soniyasiga 28—33 metrga yetuvchi kuchli shamol prognoz qilinmoqda.
Qutqaruvchilar fuqarolarga aholi punktlarini tark etmaslikni, sayyohlarga esa yomg‘irli havo o‘tib ketgunicha kutib turishni tavsiya qilmoqda.