Rossiyaning Novokuznetsk shahridan Kemerovoga mahalliy o‘smirlar futbol jamoasini tashigan va yo‘l-transport hodisasiga duch kelgan mikroavtobus haydovchisi yarim yil avval tegishli guvohnoma olgan va to‘rt bor ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan. Bu haqda huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib, “TASS” xabar berdi.
“Mikroavtobusni 18 yoshli haydovchi boshqargan. U yarim yil avval haydovchilik guvohnomasi olgan. Bu vaqt mobaynida to‘rt marotaba ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga ulgurgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan protsessual qaror yaqin orada qabul qilinadi”, — deya ma’lum qilgan manba.
Eslatib o‘tamiz, 7-avgust, yakshanba kuni Kemerovo — Leninsk-Kuznetskiy trassasi bo‘ylab harakatlanayotganda halokatga uchragan mikroavtobusda 8 nafar futbolchi bo‘lgan. Ulardan biri olamdan o‘tdi, qolgan yetti nafari turli darajadagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi.