Xitoy qirg‘oq soqchiligining rekord sondagi — 14 ta patrul kemalari 8-avgust, dushanba kuni Sharqiy Xitoy dengizidagi bahsli Senkaku orollari yaqinidagi hududga kirdi, u yerni Yaponiya o‘z hududiy suvlari deb hisoblaydi. Bu haqda Yaponiya qirg‘oq soqchiligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, kemalardan ba’zilari “qurol-yarog‘lar bilan jihozlangan”. 7-avgust, yakshanba kuni Xitoyning bunday kemalaridan 13 tasi ushbu hududga kirgan edi.
O‘tgan dam olish kunlari Yaponiya hukumati Xitoyga Senkaku yaqinidagi akvatoriyaga Xitoy kemalari yalpi ravishda kirgani tufayli bir nechta norozilik notalarini yuborgan edi. 6-avgust, shanba kuni hududda taxminan 230 ta Xitoy baliqchi kemalari va oltita katta kemadan iborat guruh qayd etilgan edi. Yaponiya tomonining noroziliklariga javoban, Pekin Tokioni vaziyatni chigallashtiradigan xatti-harakatlardan tiyilishga chaqirdi.