Germaniya g‘arbidagi Saarbryukken shahri markazidagi restoranlardan biriga kiyimida qon izlari bor erkak bostirib kirdi. Bu haqda, Bild nashriga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Aytilishicha, noma’lum erkak “Dubrovnik” restoraniga kirib olib, tashrifchilar va personaldan binoni tark etishni talab qilgan. Shundan so‘ng u restoran ichiga qamalib olgan.
Ayni paytda politsiya keng miqyosli operatsiya o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Atrofdagi ko‘chalar yopildi. Voqea joyiga muzokara guruhi va psixologlar yetib keldi, ular erkak bilan aloqa o‘rnatishga urinmoqda.
Izoh (0)