Angliyaning Brayton kurortida 4-avgust, payshanba kuni harakatlanuvchi kuzatuv maydonchasi bo‘lgan dunyodagi eng uzun British Airways i360 binosi ishga tushdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
CNN agentligining xabar berishicha, mazkur binoning qurilishiga 42,2 million funt sarflandi. Uchar likopcha shaklidagi kuzatuv maydonchasi shaffof oynadan ishlangan bo‘lib, lift singari vertikal holatda harakatlanadi.
Binoning balandligi 161 metr, eni esa atigi 4 metr. Inshootning qalinligi va uzunligi nisbati 1 ga 40 ni tashkil qiladi va bu dunyo rekordi hisoblanadi.
Sayyohlarni binoning eng yuqori qismiga ko‘taradigan platformadan La-Mansh manzarasi hamda Sharqiy va G‘arbiy Sasseks grafligi maydonidagi 42 kilometrlik sohil ko‘rinib turadi.
Mazkur ko‘ngilochar obyektni Devid Marks va Juliya Barfild boshchiligidagi Marks Barfield Architects arxitektorlik firmasi yaratdi. Marks va Barfild Temza daryosi bo‘yidagi London Eye charxpalagi muallifi hisoblanadi.
British Airways i360 kuzatuv madoniga kirish chiptasi kattalar uchun 15 funtni, keksalar va studentlar uchun 12,5 funtni hamda 4 yoshdan katta bo‘lgan kichik yoshdagilar uchun 7,5 funtni tashkil etadi.
4-avgust, payshanba kuni binoning ochilishi munosabati bilan mushakbozlik o‘tkazilishi kerak edi. Ammo dovul kelishi xavfi tufayli mushaklar otilishi kerak bo‘lgan qayiq dengizga chiqa olmadi.
Izoh (0)