Rossiyaning Ahmat Qodirov nomidagi mintaqaviy jamoat jamg‘armasi Suriyaning Aleppo shahrida qochqinlar uchun tibbiy markaz ochadi. Jamg‘arma vitse-prezidenti Ziyod Sabsabi Aleppo gubernatori bilan bu borada kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Sabsabi Hmeymim harbiy bazasida joylashgan dushman tomonlarni yarashtirish bo‘limining rossiyalik vakillari bilan uchrashdi. Shuningdek, u Aleppo gubernatori Marvon Ulabiy bilan yordam ko‘rsatish masalalarini muhokama qildi. Qochqinlar uchun doimiy tibbiy markaz ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, — deb yozdi Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Instagram’dagi sahifasida.
Qodirovning ma’lum qilishicha, markazda 38 ming kishiga xizmat ko‘rsatiladi.
“Terrochilar zabt etgan shaharlarni tashlab ketishga majbur bo‘lgan barcha talabalarga jamg‘arma o‘quv anjomlarini olib beradi”, — qo‘shimcha qildi respublika rahbari.
Izoh (0)