AQSh Eronning yadroviy kelishuvidagi majburiyatilarini bajarishdan bosh tortsa, Tehron yanada yuqori darajada uranni boyitish dasturini tiklashi mumkin. Bu haqda Eron prezidiumi majlisi (parlamenti) rasmiy vakili Behruz Ne’mati Press TV telekanaliga ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Agar AQSh qo‘shma kompleks tadbirlar rejasini bajarmasa, biz ham tegishli ravishda javob qaytaramiz. Amerikalik rasmiy shaxslar o‘z majburiyatlarini bajarayotganini ma’lum qilmoqda, ammo bu ularning qilayotgan ishi bilan muvofiq bo‘lmayapti. Yadroviy kelishuvning amalga oshirilganiga olti oydan oshdi, ammo yirik banklar kelishuv nizomini tatbiq etishdan o‘zini tiyib turibdi. Faqatgina kichik banklar Eron bilan cheklangan moliyaviy operatsiyalar olib bormoqda”, – dedi Behruz Ne’mati.
Izoh (0)