Emirates aviakompaniyasiga tegishli Boeing 777 samolyotining Dubay aeroportiga favqulodda qo‘nishi paytida kelib chiqqan yong‘inni o‘chirishda ishtirok etayotgan o‘t o‘chiruvchilardan biri halok bo‘ldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Tiruvanantapuram (Hindiston) — Dubay yo‘nalishidan ketayotan EK521 reysi 3-avgust kuni Dubay aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Shundan so‘ng laynerda yong‘in kelib chiqdi. Bortda 300 kishi, shu jumladan, 18 nafar ekipaj a’zosi bor edi.
Ilgariroq qo‘nish asnosida o‘nga yaqin yo‘lovchi jarohatlangani bildirilgan edi.
Izoh (0)