AQSh Davlat departamenti rahbari Jon Kerri Rossiyani Suriyada hujumkor operatsiyalardan tiyilish va Damashqni ham bunga da’vat etishga chaqirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Hozir Rossiya o‘zini va Asad tuzumini hujumkor operatsiyalardan tiyishi o‘ta muhim. Bizning vazifamiz esa muxolifatni shunday operatsiyalarda ishtirok etishdan qaytarishdan iborat”, — deya ta’kidladi Kerri.
Eslatib o‘tamiz, 1-avgust, dushanba kuni Aleppoda Rossiya harbiy-koinot kuchlari vertolyoti urib tushirildi. Oldinroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu prezident Putin mazkur hududda keng ko‘lamli gumanitar operatsiyani boshlash haqida ko‘rsatma berganini bildirgandi.
Izoh (0)