Xitoy janubidagi Guansi-Chjuan muxtor tumani hokimiyati zilzila tufayli 1,2 ming kishini evakuatsiya qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Tabiiy ofat oqibatida 200 uy zarar ko‘rdi. Jabrlangan insonlarning umumiy soni 16 ming kishini tashkil etmoqda.
Iqtisodiy zarar 24 million yuanga (3,6 million dollar) baholanmoqda.
Zilzila 5,4 magnitudali bo‘lib, 31-iyul kuni San’u uyezdidagi Uchjou shahri yaqinida sodir bo‘ldi. Silkinishlar o‘chog‘i 10 kilometr yer ostida joylashgan.
Izoh (0)