Meksikaning g‘arbiy qismida joylashgan Gerrero shtatida bir oilaning yetti nafar a’zosi, shu jumladan, to‘rt bola o‘ldirib ketildi. Hodisa Tepekoakuilko-de-Truxano hududida yuz berdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Odamlar o‘z uyida o‘ldirib ketildi, jinoyatchilar o‘qotar quroldan foydalandi. Halok bo‘lgan oilaning bir nafar a’zosi — ikki yoshli bolakay tirik qoldi. Jinoyatchilar uni payqamay qoldi. Mahalliy huquq-tartibot xodimlari voqea yuzasidan hozircha hech qanday versiyani e’lon qilmadi.
2016-yil boshidan buyon jinoyatchilar Meksikaning 12 hududida 24 oilaga hujum qildi. Buning oqibatida 80 kishi, shulardan 16 nafari bolalar, halok bo‘ldi. 18 kishi hujum natijasida yaralandi.
Izoh (0)