Afg‘oniston parlamenti kadrlar bo‘limi boshlig‘i mamlakat poytaxtida yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Tolo news telekanali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, avtomobilga o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi qurilma Kobul tumanlaridan birida portlab ketgan. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, yana ikki kishi jarohat olgan.
Hududda amal qiluvchi jinoiy guruhlardan hech biri hozircha portlash uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)