Neft narxlari 29-iyul, juma kuni AQSh dollarining yevro va boshqa jahon valyutalariga nisbatan pasayishi hisobiga o‘sa boshladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Londonning ICE Futures birjasida Brent markali neftning oktabr fyucherslari qiymati Toshkent vaqti bo‘yicha 20:07 da 0,18 dollarga (0,42 foiz) oshib, barreliga 43,41 dollarni tashkil etdi. Savdolari 29-iyul, juma kuni yakunlangan Brent’ning sentabr fyucherslari narxi barreliga 42,33 dollarni tashkil etdi. Bu bundan avvalgi sessiyadan 0,37 dollarga (0,87 foiz) pastroqdir.
Nyu-York savdo birjasida WTI markali neftning sentabr fyucherslari shartnomalarining qiymati 0,3 dollarga (0,73 foiz) oshib, barreliga 41,44 dollarni tashkil etdi.
Izoh (0)