Amerikalik Jeremi Piter Grin “ClintonKaine.com” domenini 90 ming dollarga sotish niyatini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Domenda AQSh prezidentligi va vitse-prezidentligiga nomzodlar Demokratik partiyadan Hillari Klinton va Virjiniya shtati senatori Timoti Keynning familiyalaridan foydalanilgan. 28 yoshli Grin ushbu domen nomlanishni 2011-yilda bor-yo‘g‘i 8 dollarga sotib olgan edi.
“Qo‘lga kiritilgan mablag‘ni huquqiy amaliyot bilan shug‘ullanishga sarflamoqchiman”, — deya ma’lum qildi AQSh poytaxtida yashovchi yigit CNN telekanaliga.
Grinning so‘zlariga qaraganda, ikkinchi darajali domenni tanlashiga sobiq davlat kotibi Klinton saylovoldi poygasining tanlov bosqichida g‘alaba qozonishiga shubha qilmaganligi sabab bo‘lgan. Keynni esa 2008-yilda Barak Obama vitse-prezidentlik lavozimiga nomzod sifatida ko‘rib chiqqanligini eslagandan so‘ng topa olganligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)