2016-yil birinchi yarmida Ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini amalga oshirish doirasida 462,5 ming yangi ish o‘rni, jumladan, qishloq joylarda 276,7 ming (umumiy sonning 59,8 foizi) tashkil etildi. Bu haqda Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasini 2016-yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari bo‘yicha hisobotida aytib o‘tildi. Hisobotni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi e’lon qildi.
2015—2016-o‘quv yilida kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va bandligini ta’minlash maqsadida har bir hudud bo‘yicha tegishli manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Kasb-hunar kollejlarining 468,9 ming bitiruvchisi bilan to‘rt tomonlama – “kollej – korxona – bitiruvchi – hokim” shartnomalar tuzilib, keyinchalik ish bilan ta’minlash maqsadida amaliyot o‘tashi uchun ular 222 mingta korxona va tashkilotga biriktirildi.
Izoh (0)