2016-yilda O‘zbekistonda paxta dalalari 30,5 ming gektarga qisqartirildi. Bu haqda Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasini 2016-yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari bo‘yicha hisobotida aytib o‘tildi. Hisobotni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi e’lon qildi.
“Ekin maydonlarining optimallashtirilishi samarasida joriy yilda unumdorligi va hosildorligi past yerlar hisobidan paxta dalalari 30,5 ming gektarga qisqartirildi”, — deyiladi hujjatda.
Paxtadan bo‘shagan yerlarga ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy qilish asosida meva-sabzavot ekildi. Fermer xo‘jaliklari soni 17,6 mingtaga ko‘paydi va 101 mingtani tashkil etdi.
Izoh (0)