Joriy yilda Toshkent – Samarqand yo‘nalishida harakatlayotgan “Afrosiyob” tezyurar poyezdini toshbo‘ron qilish bilan bog‘liq to‘rtta holat qayd etildi, deb yozadi “1news.uz” “Postda” nashriga tayanib.
Transportdagi IIB vakili Avazbek Saydaliyevga ko‘ra, ushbu huquqbuzarliklarning uchtasi “issiq izi”da fosh etildi va aybdorlarga tegishli choralar ko‘rildi.
Ma’lum qilinishicha, yil davomida temir yo‘l va uning atrofida xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan 1400 dan ortiq reyd o‘tkazilib, qidiruvdagi 681 nafar shaxs ushlandi va javobgarlikka tortildi.
Izoh (0)