Rossiyaning Buryatiya respublikasi prokuraturasi ma’lumotlariga qaraganda, o‘rmon aviahimoyasi ishchilari Baykalorti o‘lkasidagi o‘rmon yong‘inlariga qarshi mast holda kurashgan ekan. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Tabiiy yong‘inlarni o‘chirishni tashkil etish jarayonini tekshirish davomida prokuratura “Baykalorti o‘rmonlarni aviatsion himoya qilish bazasi” ishchilari tomonidan mehnat tartibi buzilganini aniqladi.
Jumladan, katta uchuvchi-kuzatuvchi 2016-yil mayida aviakuzatish mobaynida mast holda bo‘lgani tufayli o‘rmon massivini patrullash bo‘yicha zaruriy tadbirlar amalga oshirilmay qolgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, 2016-yil iyunida esa Muyskiy tumanidagi yong‘inni o‘chirishga chiqishdan oldin Kabansk aviabo‘linmasining besh ishchisi mast bo‘lgani bildirilmoqda.
Aybdorlardan biri lavozimidan bo‘shatildi, yana besh nafariga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi.
Izoh (0)