Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Afg‘onistonda 2016-yilning birinchi yarmida 1,6 mingdan oshiq tinch aholi vakili jangovar harakatlar qurboni bo‘ldi, 3,5 mingdan ortiq odam jarohat oldi. Bu haqda BMTning Afg‘onistonga ko‘mak missiyasi hisobotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“O‘tgan yilning 6 oyiga nisbatan qurbonlar va jabrlanganlar 4 foizga qo‘paydi. Ularning umumiy sonidan (5166 kishi) deyarli uchdan biri (1509) bolalardir. Yuz bergan fojialarning taxminan 60 foizi ‘Tolibon’ harakati jangarilari zimmasida. Achinarlisi shundaki, fuqarolar odatiy mashg‘ulotlari payti — ibodat, o‘qish, ish, kasalxonada davolanish, suv uchun yo‘l olganida o‘limga duch kelgan”, — deyiladi hisobotda.

Missiya rahbari Tadamichi Yamamotoga ko‘ra, bunday noxush holat mojaro tomonlarini tinch aholi aziyat chekishiga chek qo‘yish bo‘yicha choralar ko‘rishga undashi kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)
Dunyo
Pentagon AQSH va Xitoy o‘rtasida harbiy mojaro boshlanishi ehtimolini baholadi