Braziliya adliya vaziri Aleshandri di Morayes Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarida terakt amalga oshirmoqchi bo‘lgan 10 kishi qo‘lga olinganini tasdiqladi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Vazirlik rasmiylarining ma’lum qilishicha, jinoyatchilarni qo‘lga olish operatsiyasi Braziliyaning to‘qqizta hududida bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi Mishel Temer tezkor yig‘ilish o‘tkazdi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olingan shaxslar qurol va partizanlik taktikasini ishlatishni rejalashtirgan.Eslatib o‘tamiz, 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlari 5–21-avgus kunlari Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)