“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyoning 25 million funtlik uyiga o‘g‘ri tushdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Jozening o‘zi bu paytda Yevropa chempionati finali o‘yinini televizorda ko‘rib o‘tirgan.
O‘g‘ri uyga yerto‘la orqali kirmoqchi bo‘lgan, ammo uni uy xizmatchisi ko‘rib qolib, baqirib-chaqirishni boshlagan. O‘g‘ri shu zahotiyoq yashirinishga urindi, biroq uy qo‘riqchisi tomonidan tutib olindi.
Voqea joyiga tartib posbonlari yetib kelib, o‘g‘rining qo‘llariga kishan soldi va uchastkaga olib ketdi.
O‘g‘ri aniq yashash joyiga ega bo‘lmagan 25 yoshli Gabor Roman ismli erkak bo‘lib chiqdi.
Izoh (0)