Xalqaro olimpiya qo‘mitasining (XOQ) federatsiyalarga Rossiyada yirik xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik va o‘tkazishni muzlatish haqidagi tavsiyasi futbol bo‘yicha 2017-yilgi Konfederatsiyalar kubogi hamda 2018-yilgi jahon chempionatiga tegishli emas. Bu haqda Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
19-iyul, seshanba kuni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) ijroiya qo‘mita yig‘ilishini o‘tkazdi va uning yakunlari bo‘yicha qator qarorlar qabul qildi, xalqaro federatsiyalarga bir necha tavsiyalar ishlab chiqildi. Ulardan biri Rossiyada yirik xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik va o‘tkazishni muzlatishdan iborat bo‘lgandi.
“XOQ bayonotida sportning qishki turlari bo‘yicha musobaqalar haqida gap ketgan va murojaat tegishli federatsiyalarga yo‘llangan. FIFA Rossiyada jahon chempionati hamda Konfederatsiyalar kubogini o‘tkazishga tayyorgarlik bilan band. Mazkur musobaqalar muxlislar va qatnashchilar uchun muvaffaqiyatli o‘tishiga ishonchi komil”, — deya ta’kidladi matbuot xizmati.
Izoh (0)