Braziliyada 2016-yilda o‘tadigan Rio-de-Janeyro Olimpiya o‘yinlarini yoritadigan jurnalistlarga mo‘ljallangan matbuot markazi afrikalik qullar ommaviy tarzda dafn etilgan hududda bunyod etilishi bilan bog‘liq janjal avj olmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ayrim jurnalist va operatorlar Braziliyaga kela boshlagan bir paytda kilombo (quilombo) nomi bilan ma’lum qochoq qullar avlodlari Olimpiya bog‘i yaqinida qurilgan Barra Media Village 3 matbuot markazi ularning ajdodlari dafn etilgan hududda turganini aytib, norozilik bildirmoqda.
Bu yerni kilombolar muqaddas deb hisoblaydi.
Camorim Quilombo harakati yetakchisi Adilson Batista Almeyda quruvchilarni quldorlik tarixiga hurmatsizlikda, tarixiy ahamiyatga molik yerlarni vayron qilishda ayblamoqda.
Izoh (0)