18-iyul, dushanba kuni Ispaniyaning Mursiya muxtor viloyatida ayol kishi an’anaviy ensyerro — qo‘tondan chiqarib yuborilgan buqa, sigir yoki buzoqlar poygasida olgan jarohatlari natijasida vafot etdi, deya xabar bermoqda “TASS” mintaqa hukumati vakillariga tayanib.
Hodisa 17-iyul, yakshanba kuni kechqurun Moratalya munitsipalitetida sodir bo‘ldi. 45 yoshli ayol qornidan jarohat oldi, shundan so‘ng uni kasalxonaga olib ketishdi, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi. Hodisa tufayli munitsipalitet hukumati uch kunlik motam e’lon qildi.
Avvalroq 35 yil ichida birinchi marta jang davomida buqa biryo‘la uch nafar matadorga jarohatlar yetkazgach, Ispaniyada korrida taqiqlangan edi.
Izoh (0)