Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 18-iyul, dushanba kuni mamlakat konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish tashabbusi bilan chiqdi, deb yozadi “TASS”.
Davlat rahbari Konstitutsiyaviy sudga “Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi referendum akti loyihasiga xulosa olish uchun yo‘naltirdi.
Loyihada, xususan, Ozarbayjon prezidentini hozirgidek besh yil emas, yetti yillik muddatga saylash taklif qilinmoqda.
Shuningdek, prezident lavozimiga “yoshi 35 yoshdan kichik bo‘lmagan” mamlakat fuqarosi saylanishi mumkinligini belgilovchi moddadan “yoshi 35 yoshdan kichik bo‘lmagan” iborasini olib tashlash taklif etilmoqda.
Izoh (0)