Xitoy Xalq ozodlik armiyasi 19—21-iyul kunlari Janubiy Xitoy dengizida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Bu haqda XXR Dengiz xavfsizligi boshqarmasi tomonidan 18-iyul, dushanba kuni chop etilgan xabarda ma’lum qilindi, deya xabar berdi “TASS”.
“Akvatoriyaning to‘rtta koordinata nuqtasi bilan belgilangan qismida harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Ushbu hududga kirish taqiqlangan”, — deyiladi boshqarma hujjatida.
O‘quv mashg‘ulotlari haqida boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmagan. Mahalliy kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, o‘quv mashg‘ulotlarining o‘tkazilishi Xitoyning xalqaro hakamlik sudi tomonidan qabul qilingan qarorni qabul qilmasligini namoyish etadi. Hakamlik sudi XXRning Janubiy Xitoy dengizi akvatoriyasi va hududining katta qismiga nisbatan talabi asossiz ekanligi haqida qaror qabul qilgan edi.
Izoh (0)