Janubiy Koreyaning Asiana Airlines aviakompaniyasi mijozlarining shaxsiy ma’lumotlarini o‘z ichiga oluvchi o‘n minglab hujjatlar ochiq internetga chiqib ketdi, deb yozadi “TASS” The Korea Times gazetasiga tayanib.
“Yo‘lovchilar pasportlarining skanerlangan nusxalari, ularning uy manzillari va telefonlari, ijtimoiy sug‘urta raqamlari, bank hisoblari va yaqin qarindoshlari haqidagi ma’lumotlar jahon tarmog‘iga chiqib ketdi”, — deb yozadi nashr.
Ma’lumotlarning tarqalib ketishi Asiana mijozlaridan tashqari, kompaniyaning sheriklari, jumladan, Lufthansa, Singapore Airlines va boshqalarga ham tegishli bo‘ldi.
Gazeta xabariga ko‘ra, xakerlarga so‘nggi ikki yil ichida Asiana xizmatlaridan foydalangan kamida 45 ming nafar janubiy koreyalik va xorijliklar o‘lja bo‘lgan.
Izoh (0)