O‘lim jazosi mavjud bo‘lgan birorta davlat Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmaydi. Bu haqda xalqaro tuzilmaning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini bayonot berdi.
Ilgariroq Turkiyadagi harbiy to‘ntarishdan so‘ng mamlakatda o‘lim jazosi tiklanishi mumkinligi haqida mamlakat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on aytib o‘tgan edi. Uning so‘zlariga munosabat bildirarkan, Mogerini xonim bu Turkiyaning Yevroittifoqqa qo‘shilishini imkonsiz qilib qo‘yishini aytdi.
Turkiya va Yevroittifoq o‘rtasidagi muzokaralar 10 yildan beri davom etmoqda.
Izoh (0)