Qozog‘iston kuch tizimi xodimlari Olmaotadagi maxsus operatsiya chog‘ida bir nafar terrorchini qo‘lga oldi, yana biriga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Bu haqda shahar ichki ishlar departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Hujum qilganlardan biri qo‘lga olindi, yana biri qidirilmoqda. Shaharda ‘Qo‘lga olish’ maxsus rejasi joriy etilgan”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Oldinroq Olmaotadagi otishmada 7 nafar politsiyachi jarohat olgani bildirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, noma’lum shaxslar Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Olmaota shahar departamenti va shaharning Almali tumani politsiya departamenti binolariga hujum uyushtirdi. Shaharda terrorchilik tahdidining “qizil” darajasi e’lon qilingan.
Izoh (0)