Qozog‘istonning Olmaota shahridagi otishmadan so‘ng 7 nafar politsiyachi jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.
Tez tibbiy yordam kasalxonasi qurolli qo‘riqlash ostiga olingan. Shuningdek, kasalxonaga jabrdiydalarning yaqinlari bilan shug‘ullanish uchun ruhshunoslar yetib kelgan.
Tinch aholi o‘rtasida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘qligi bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq noma’lum shaxslar Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Olmaota shahar departamenti va shaharning Almali tumani politsiya departamenti binolariga hujum uyushtirgani, shaharda terrorchilik tahdidining “qizil” darajasi e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)