Armanistonda “Ta’sis parlamenti” muxolif harakati tarafdorlari yoppasiga hibsga olinmoqda. Bu haqda Photolure agentligi ma’lum qilmoqda.
Bugun, 17-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:00 da muxolif harakatning bir guruh qurolli tarafdorlari mamlakat poytaxti Yerevan janubidagi Erebuni tumanida joylashgan politsiya patrul-post xizmati polkini qo‘lga olgan, u yerdagi sakkiz kishini garovga olgan edi. Hujum chog‘ida oliy martabali zobit halok bo‘lgani ma’lum qilindi.
Qurolli guruh muxolif siyosatchi, “Yangi Armaniston” jamoat qutqaruv jabhasi yetakchisi Jirayr Sefilyanni hibsdan ozod etishni hamda hukumat iste’fosini talab qilmoqda.
Shu voqealar munosabati bilan muxolifatchi faollar yoppasiga qo‘lga olinmoqda.
Izoh (0)