Turkiyada harbiy to‘ntarishni amalga oshirishga urinish chog‘ida isyonchilar tarafidagi kamida 104 nafar harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Otishmalar sodir yuz bergan, og‘ir texnika hamda aviatsiya qo‘llangan asosiy joylar Anqara va Istanbul bo‘ldi.
Turkiya davlat OAVlari ma’lumotiga ko‘ra harbiy to‘ntarishga urinish oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 90 kishiga yetdi, 1,1 ming kishi yaralandi.Shu paytga qadar to‘ntarishga aloqador 1563 kishi hibsga olingani haqida ma’lumot bor. 200 ga yaqin askar va zobit hukumatga taslim bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh (0)