AQSh prezidenti Barak Obama Oq uy va AQShning barcha davlat muassasalari binolari tepasidagi AQSh bayroqlarini 14-iyul kuni Fransiyaning Nitssa shahrida uyushtirilgan terakt qurbonlariga hurmat belgisi sifatida tushirib qo‘yishni buyurdi, deb yozadi “TASS”.
Oq uy tarqatgan proklamatsiyada ko‘rsatilishicha, motam 19-iyul kuni quyosh botgunicha davom etadi.
14-iyul, payshanba kuni kechasi Nitssa shahrida yuk mashinasi olomon ustiga bostirib borishi natijasida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo’lganlar soni 84 kishiga yetdi, yana 200 ga yaqin kishi yaralandi, ulardan 18 nafari og‘ir ahvolda yotibdi.
Izoh (0)