“Barselona” futbolchisi Neymar “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduga yuqori baho berdi. Bu haqda “Sports.ru” ma’lum qildi.
“Ronaldu ‘Oltin to‘p’ga arziydi. Mantiqan fikrlaydigan bo‘lsa, Krishtianu o‘z klubi va milliy jamoasini Yevropa chempionligiga olib keldi. Men uchun ‘Oltin to‘p’ — maqsad. Biroq bu yil uni ololmasligim ko‘rinib turibdi. ‘Oltin to‘p’ mehnating mahsuli, u shunga yarasha faoliyatdan so‘ng o‘zi keladi”, — deya ta’kidladi Neymar.
Izoh (0)